Xalq dеputatlari Xorazm viloyati kеngashining qirq sakkizinchi sеssiyasi

18 iyun kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi, 
xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Farxod Ermanov boshqarib bordi.


Sessiya kun tartibiga joriy yilning yanvar-may oylarida Urganch, Xiva shaharlari, Bog‘ot, Gurlan, Xiva, Urganch, Yangiariq 
tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarining bajarilishi, 
mamlakatimiz Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining viloyatdagi ijrosi, mahalliy budjetning 2021 yil yakunlari va 2022 yilning birinchi choragi 
ijrosi to‘g‘risidagi va boshqa shu kunning muhim masalalari kiritildi.





Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi, deputatlarining taklif va 
mulohazalaridan keyin tegishli qarorlar qabul qilindi.      

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati