Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan 16-may holati uchun daydjest

424 ta mahallalarga hokim yordamchilari tayinlanib, o‘z mahallalarida faoliyat yuritmoqda.

424 ta mahallalarga hokim yordamchilari tayinlanib, o‘z mahallalarida faoliyat yuritmoqda.

        Hozirgi holatda 368,0 mingta xonadonlarning 100 foizi xatlovdan o‘tkazildi.

        Shundan,

  • 94 ming 687 tasi (25,7%) to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar);
  • 20 ming 300 tasi (5,5%) uchinchi toifaga (nogironligi bor va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar);
  • 206 ming 166 tasi (56%) ikkinchi toifaga (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar);
  • 46 ming 967 tasi (12,8%) birinchi toifaga (xonadonlar daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan xonadonlar) kiritildi.

        Xatlov natijalariga ko‘ra:

        Xonadonlarda 107 ming 609 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlandi.

        Shundan, 

  • 44 ming 870 nafar fuqaroning ishlash istagi borligi;
  • 6 ming 228 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qimoqchi ekanligi;
  • 12 ming 476 nafarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi borligi aniqlandi.

        Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun fuqarolar tomonidan 12 ming 402 ta muammo va takliflar bildirildi.

        Jumladan:

  • 751 tasi yer;
  • 517 tasi bino va inshootlar;
  • 1 ming 621 tasi yo‘l va kommunikatsiya; 
  • 332 tasi xomashyo yetishmasligi;
  • 2 ming 670 tasi tabiiy gaz;
  • 223 tasi elektr energiya;
  • 601 tasi ichimlik suv va oqova suv;
  • 234 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.

        Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish istagini bildirgan 10 ming 757 ta subyektlarning 299,1 mlrd so‘m kreditga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.

        Shuningdek,

Tomorqa egalarining 1 ming 812 nafari kooperatsiya asosida ishlash;

  • 4 ming 24 nafari subsidiya asosida issiqxona tashkil etish;
  • 3 ming 112 nafari boshqa yo‘nalishlarda daromadga ega bo‘lish;
  • 1 ming 815 ta xonadon vakillari 655,3 gektar yer maydoni olish istagi borligini bildirdi.

        Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

  • 24 ming 90 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi;
  • 3 ming 774 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilmoqda;
  • Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 8 ming 27 ta subyektlarga 209,6 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi;
  • 246 nafar fuqarolarga subsidiya asosida issiqxonalar qurish ishlari boshlandi;
  • 3 ming 820 gektar yer maydonlari “e-ijara.uz” sayti orqali auksionga qo‘yilib, shundan 4 ming 19 gektar yer maydoni ajratildi.

        Mahallalardagi ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar va xotin-qizlarning bandligi ta’minlanmoqda. Xususan,

  • Nukus tumanidagi “Baqanshaqli” mahallasi hokim yordamchisi tashabbusi bilan xizmat ko‘rsatish va ta’lim maskani tashkil etilib, mahalladagi 15 nafar ishsiz fuqarolarning bandiligi ta’minlandi.
  • Ellikqal’a tumanida parrandachilikka ixtisoslashgan “Kichik Guldursun” mahallasidagi “yetakchi” tadbirkorlar hamkorlikda parrandachilik sohasi uchun
    10 ta
     xonadon biriktirilib, parranda boqish yo‘lga qo‘yildi.
  • Shuningdek, Qorao‘zak tumanidagi “Yesim” mahallasi hokim yordamchisi tashabbusi bilan hududda “KARDAR” MCHJ tomonidan “sun’iy rotang” mebellarini ishlab chiqarish uchun 100 ta ish o‘rinli kichik korxona tashkil etilmoqda hamda hozirda 100 nafar xotin-qizlar o‘qitilmoqda.

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati