Joriy yilning 3-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Gruziya ICC vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda vazirlik tomonidan vazir o‘rinbosari Mirzoxid Ubaydullayev va ICC Gruziya vakili Fadi Asli, bosh kotibi Xatiya Buxrashvili, O‘zbekistondagi maslahatchi Ziyoda Jabborova hamda...

Uchrashuvda vazirlik tomonidan vazir o‘rinbosari Mirzoxid Ubaydullayev va ICC Gruziya vakili Fadi Asli, bosh kotibi Xatiya Buxrashvili, O‘zbekistondagi maslahatchi Ziyoda Jabborova hamda Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuxrat Matkarimov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Muxtor Shonazarov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida xorijiy delegatsiyaga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Fadi Asli, o‘z navbatida, Xalqaro savdo palatasi va uning faoliyati asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Jumladan, bugungi kunda ICCning O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganligi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, vakolatxonani ochish uchun O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalarining ishtiroki va bunday korxonalarni tanlashda vazirlik ko‘magi kerakligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda Xalqaro savdo palatasining vakolatxonasini ochishda o‘zaro hamkorlikni olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro savdo palatasi xalqaro notijorat tashkilot bo‘lib, xalqaro savdo standartlarini yaratish, savdo palatalari, tadbirkorlar va kompaniyalarning manfaatlarini himoya qilish hamda tijorat nizolarini hal etishga ko‘maklashadi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati