Joriy yilning 1-31-may kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy MA’LUMOT

Ushbu davr mobaynida bozorda qulupnay 65 000 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 14 000 so‘mga, sarimoq piyoz 13 500 so‘mga, bodring 6 500 so‘mga, pomidor (qizil) 6 000 so‘mga, pomidor (pushti) 5 500 so‘mga, olma (mahalliy) 5 000 so‘mga, olma (import) 2 500 so‘mga, lavlagi 2 750 so‘mga, turup 600 so‘mga hamda karam 250 so‘mga arzonlashgan.

Shu bilan birga, limon 14 000 so‘mga, guruch (lazer) 7 000 so‘mga, mandarin 5 000 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 2 500 so‘mga, guruch (alanga) 2 000 so‘mga, piyoz (yangi hosil) 550 so‘mga, kartoshka (yangi hosil) 500 so‘mga va kartoshka (import) 100 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-31 may kunlari umumiy qiymati 95,2 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 mln. dollar kam) jami 212,4 ming tonna (13,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 90,1 ming tonna piyoz18,4 ming tonna gilos17,1 ming tonna karam15,6 ming tonna pomidor11,0 ming tonna sabzi6,8 ming tonna lavlagi6,0 ming tonna mosh4,9 ming tonna ko‘kat4,8 ming tonna loviya3,8 ming tonna mayiz va 3,3 ming tonna tarvuz tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 9,9 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 mln dollar kam) qiymatdagi jami 40,4 ming tonna (23,6 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 28,8 ming tonna kartoshka, 6,2 ming tonna banan, 1,7 ming tonna olma, 0,6 ming tonna apelsin, 0,2 ming tonna kivi va 0,1 ming tonna mandarin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-31 may kunlari hududlardan jami 34,9 ming tonna, xususan, 12,5 ming tonna kartoshka15 ming tonna piyoz12 ming tonna karam va 6,3 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

  • Surxondaryodan 6 687 tonna, Toshkent viloyatidan 570 tonna, Namangandan 234 tonna va Samarqanddan 10 tonna kartoshka;
  • Surxondaryodan 14 542 tonna, Toshkent viloyatidan 230 tonna va Samarqanddan 181 tonna piyoz;
  • Toshkent viloyatidan 1 160 tonna sabzi;
  • Toshkent viloyatidan 1 342 tonna, Andijondan 868 tonna, Qashqadaryodan 863 tonna, Jizzaxdan 843 tonna, Surxondaryodan 745 tonna, Buxorodan 658 tonna, Xorazmdan 517 tonna hamda Sirdaryodan 492 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokiston Respublikasidan 4 503 tonna, Eron davlatidan 430 tonna, Qozog‘iston Respublikasidan 52 tonna va Afg‘oniston Islom Respublikasidan 14 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-31 may kunlari jami 326,5 tonna, shu jumladan 265,5 tonna mol go‘shti va 61,0 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati